Batken viloyati gubernatori Omurbek Suvanaliyev boshchiligidagi Qirgʻiz delegatsiyasi Fargʻonaga keldi
Qirgʻizistonning Batken viloyati gubernatori Omurbek Suvanaliyev boshchiligidagi qoʻshni davlat delegatsiyasi aʼzolari Fargʻonaga keldi.
Fargʻona tumanidagi “Vodil” chegara postida qoʻshni davlat vakillarini viloyat hokimining oʻrinbosari Fayzullo Qosimov va boshqa rasmiylar kutib oldilar.
Delegatsiya vakillari Fargʻona, Batken va Soʻgʻd viloyatlari ishbilarmonlari oʻrtasida “Chegaraoldi hududlar integratsiyalashuvi – rivojlanish garovi” mavzusidagi xalqaro biznes-forumda ishtirok etishadi.
Fargʻona tumanidagi viloyat hokimligi “Qabullar uyi”da uch viloyat rahbarlarining rasmiy uchrashuvi ham boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring