“Batik Air” Kuala-Lumpur va Toshkentni bogʻlashni rejalashtirmoqda
Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi 2023-yil oktyabr oyi oxiridan boshlab Kuala-Lumpur va Toshkentni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlashni rejalashtirmoqda.
Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlar haftasiga uch martagacha Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bunday niyatni aviakompaniya vakillari, Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi, Transport vazirligi va Samarqand aeroporti boshqaruv kompaniyasi koʻmagida, Uzbekistan Airports bilan oʻtkazilgan muzokaralar chogʻida bildirishdi.
Batik Air — bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi boʻlib, Indoneziya ichida muntazam yoʻlovchi reyslarini amalga oshiradi. Kompaniya “Lion Air” arzon aviakompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring