“Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
Kecha, 6-noyabr kuni Turkiya Superligasining 15-turi oʻyinlari start oldi. Kun doirasidagi bahsda “Istanbul Bashakshehir” jamoasi oʻz maydonida hamshahari “Fenerbaxche” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Gollarga mehmonlardan Milan Shkriniar, “Bashakshehir”dan esa Bertugʻ Yildirim mualliflik qildi.
“Bashakshehir” safida hujumchi Eldor Shomurodov 90 daqiqa harakat qildi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullayev asosiy tarkibda maydonga tushib, 71-daqiqada almashtirildi. Hamyurtimiz shuningdek 46-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring