“Barselona” mavsumni gʻalaba bilan yakunladi
Kecha, 21-dekabr kuni Ispaniya La Ligasining 18-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Barselona” klubi safarda “Villarreal” jamoasi mehmoni boʻldi. Uchrashuv 0:2 hisobida Hans Flik boshchiligidagi jamoaning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 12-daqiqa ochildi. Jamoa yetakchisi Rafinya penaltidan aniq foydalanib oʻz hisobiga navbatdagi golni yozdirib qoʻydi. Birinchi boʻlim 0:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 63-daqiqasida Lamin Yamal hisobdagi farqni 2 taga oshirdi. Shu tariqa oʻyin 2:0 hisobida yakunlandi.
Mazkur gʻalabadan soʻng, “Barselona” jamoasi La ligadagi umumiy ochkolari sonini 46 taga yetkazib oldi. Bu orqali jamoa mavsumning birinchi yarmini eng yuqori oʻrinda tugatishini kafolatladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring