“Barselona” klubi “Gamber kubogi” sohibi boʻldi
Kecha mavsum oldidan anʼanaviy tashkil etiladigan “Gamper kubogi” uchun bahs boʻlib oʻtdi.
“Barselona” jamoasi bu gal mehmon sifatida Italiyaning “Komo” klubini ushbu oʻyinga taklif qildi. Bahs kataloniyaliklarning 5:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Bellashuvda ikki futbolchi — Lamin Yamal va Fermin Lopes dublga erishdilar. Yana bir golga Rafinya mualliflik qildi.
Maʼlumot oʻrnida, Gamper kubogi — “Barselona” tomonidan har yili oʻtkaziladi. Ilk marta 1966-yilda kataloniyaliklar prezidenti Enrike Lyode tashabbusi bilan tashkil etilgan. Sovrin “Barselona” asoschisi va afsonaviy prezidenti Joan Gamper nomi bilan atalgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring