Barpo etilayotgan muzey fondi general Sobir Rahimov haqidagi yangi maʼlumotlar bilan boyitildi.

15:31 16 Aprel 2020 Madaniyat
2323 0

Prezidentimizning 2019-yil 23-oktyabr kungi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini munosib nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan oʻzbekistonlik jangchilarning jasoratini va gʻalabaga qoʻshgan hissasini oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi organlari tomonidan ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasining tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi Bosh harbiy prokuraturasining amaliy koʻmagi orqali Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaga katta hissa qoʻshgan, mislsiz jasorat va qahramonliklar koʻrsatgan xalqimizning ardoqli oʻgʻloni general-mayor Sobir Umar oʻgʻli Rahimovning Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Markaziy arxivida saqlanayotgan shaxsiy yigʻma jildidagi zarur hujjatlardan nusxalar olinib, kitob holida mamlakatimizga keltirilishi muhim ahamiyatga molik voqea boʻldi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Toʻplamning noyobligi shundaki, undagi hujjatlar general-mayor Sobir Rahimovning hayoti va harbiy xizmatdagi faoliyatiga doir yurtimizdagi mavjud tarixiy materiallarni yangi maʼlumotlar bilan yana-da boyitishga xizmat qiladi.

Shu nuqtayi nazardan, mazkur toʻplam Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan bu qahramon ajdodimizning tarixini chuqur oʻrganishga keng imkoniyat yaratish maqsadida poytaxtimizda barpo etilayotgan “Gʻalaba bogʻi” hududidagi “Shon-sharaf” muzeyi ekspozitsiyalari fondiga joylashtirish uchun ishchi guruhiga topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер