Barcha tuman va mahallalarda bir oy davomida koʻchat yarmarkalari tashkil qilinadi

18:54 11 Oktyabr 2023 Siyosat
908 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Mutasaddilarga barcha tuman va mahallalarda bir oy davomida koʻchat yarmarkalarini tashkil qilish va kuz mavsumida 30 million tup koʻchat yetkazib berish topshirildi.

Tayyorgarlik ishlari, koʻchat tarqatish, ekish jarayonlarini tumanma-tuman televideniye va radio orqali yoritib borish muhimligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari kuzgi mavsumida oʻtgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik shart ekaniga eʼtibor qaratdi.

Jumladan, koʻchat ekishda manfaatdorlikni oshirish lozim.

Bu boradagi vaziyatni oʻzgartirish uchun endilikda avtomobil, temir yoʻl, daryo, kanallar yoqalari aholi va tadbirkorlarga shartnoma bilan yer toifasi oʻzgartirmasdan boʻlib berilishi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер