Barcha bilim dargohlari kutubxonalariga “bibtexnika” vositalari yetkazildi

11:37 23 Yanvar 2024 Jamiyat
482 0

Kitobxonlarga sifatli xizmat koʻrsatish, soha xodimlari faoliyatini samarali yuritishda “bibtexnika” vositalarining oʻrni katta. Afsuski, necha oʻn yil davomida bu masala eʼtibordan chetda qoldi. Taʼminotdan darak boʻlmagach, kutubxonachilar ish yurituvi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tayyorlashga majbur boʻlishdi.

Hechdan koʻra kech, deganlaridek, nihoyat bu holga chek qoʻyildi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan mamlakatimizdagi, jumladan, Buxoro viloyatidagi barcha bilim dargohlariga “bibtexnika” vositalari ajratildi. Jihozlar viloyatdagi 547 ta umumtaʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi ilm dargohlari hamda viloyat bolalar kutubxonasiga yetkazildi. Soha xodimlari bundan xursand. Negaki, mazkur vositalar maktab kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirib, ular moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi. Kutubxonachilarga qulaylik yaratadi.

Maʼlumotlarga qaraganda, ayni paytda respublikamizdagi 14 ta Bolalar kutubxonasi hamda umumtaʼlim maktablarida 12 ming nafardan ziyod kutubxonachi faoliyat koʻrsatmoqda.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер