Barak Obamaning koronavirus bilan zararlangani maʼlum boʻldi
Foto: AP
AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Siyosatchi taʼkidlashicha, u oʻzini yaxshi his qilmoqda.
“Hozirgina koronavirusga topshirgan testning ijobiy natijasini oldim. Bir necha kundan beri tomogʻim tirnaladi. Shuni hisobga olmaganda, oʻzimni yaxshi his qilyapman”, deb yozgan Obama “Tvitter”ida.
Ayni paytda uning rafiqasi Mishel Obamada koronavirus aniqlanmagan. Oldinroq ular koronavirusga qarshi qayta emlangani maʼlum boʻlgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Barak Obama 2009-2017-yillarda AQSH prezidenti boʻlgan. 2009-yilda u Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Oldinroq, Isroilning sobiq bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham koronavirus bilan zararlangani maʼlum boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring