Bank ustav kapitalining eng kam miqdori bosqichma-bosqich oshiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–831-son, 19.04.2023-y.) bilan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish kiritildi.
Unga koʻra, bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
2023-yil 1-sentyabrgacha 100 milliard soʻmni;
2023-yil 1-sentyabrdan 200 milliard soʻmni;
2024-yil 1-apreldan 350 milliard soʻmni;
2025-yil 1-yanvardan 500 milliard soʻmni tashkil etadi.
Ilgari bank ustav kapitalining eng kam miqdori 100 milliard soʻmni tashkil etishi lozim edi.
Shuningdek, tashkil etilayotgan yoki qoʻshib yuborish, boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank ustav kapitali yuqorida nazarda tutilgan kundagi miqdorlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring