Bank xodimlariga kiberhujumlarga qarshi samarali kurashish usullari oʻrgatildi

08:55 18 Iyun 2021 Iqtisodiyot
973 0

Markaziy bankda “Kaspersky laboratoriyasi» bilan hamkorlikda»Moliya tashkilotlari rahbarlari uchun axborot xavfsizligi» mavzusidagi seminar-trening boʻlib oʻtdi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda axborot va kiberxavfsizlikning dolzarbligi ortib borayotgani qayd etilib, bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi. Seminarda respublikamizdagi barcha tijorat banklari rahbarlarining ushbu yoʻnalishdagi bilim va malakalarini oshirish maqsadida turli interaktiv mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar kompyuter simulyatsiyasi elementlari bilan biznes oʻyinlari formatida amaliy sinovlardan oʻtdilar. Ulardan biznesni himoya qilish uchun operatsion cheklovlarni hisobga olgan holda strategik, boshqaruv va texnik qarorlarni qabul qilish va daromadni yuqori darajada saqlash talab etildi.

Seminar-trening natijasida simulyatsiya paytida tijorat banklari rahbariyati kiberhujumlarning salbiy oqibatlarini oldini olish boʻyicha toʻgʻri qarorlar qabul qilganligi qayd etildi.

Ushbu seminarda olingan bilimlar firibgarliklarning oldini olish hamda kiberxavfsizlik choralarini koʻrishda xodimlarning, ayniqsa, rahbarlarning kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun oʻz vaqtida zaruriy qarorlarni qabul qilishiga yordam beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер