Bank kartasidagi pullar yoʻqotilgan mobil telefon orqali oʻmarilgan

13:30 01 Avgust 2023 Jamiyat
552 0

Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida yashovchi 48 yoshli Yu.B. murojaat qilib, oʻziga tegishli boʻlgan mobil telefon qurilmasini yoʻqotib qoʻyganligi va bank kartasidan 2.220.000 soʻm pullari nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olinganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 32 yoshli R.K. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan, R.K. jabrlanuvchi mobil telefon qurilmasini topib olgach undagi “SIM-karta”ni oʻz mobil telefoniga faollashtirgan holda bank kartasi boshqaruvini qoʻlga kiritib ushbu jinoyatni amalga oshirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер