Bangkokdagi YTHda Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi
Foto: “Dunyo”
Bugun, 18-mart kuni Tailandning Bangkok shahrida avtobus ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bangkok shahrida yuz bergan avtohalokatda bir nafar oʻzbekistonlik shaxs ogʻir tan jarohat olishi natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, turli tan jarohati olgan yana uch nafar Oʻzbekiston fuqarosiga tezkor tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonadan javob berilgan.
Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti maʼlumotiga koʻra, vaziyat alohida nazoratga olingan. Oʻzbekistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari tomonidan fuqarolarimizga kerakli tartibda barcha zarur yordam koʻrsatilmoqda.
Bildirilishicha, marhumning yaqinlari bilan aloqa oʻrnatilib, hozirgi vaqtda jasadni Vatanga olib kelish choralari koʻrilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring