Bandixondagi aholi muammolari oʻrganilib, hal etish choralari koʻrildi
Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi 30-yanvar – 7-fevral kunlari Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni oʻrganish va hal etish boʻyicha “Oqqoʻrgʻon tajribasi” asosida ishlar tashkil etildi.
Ishchi guruhlari tomonidan tumandagi 22 ta mahallada 15 099 ta xonadon, 2 150 ta ijtimoiy va boshqa soha obyektlari oʻrganildi.
Tuman aholisi orasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijasi boʻyicha asosiy muammolar suv, gaz va elektr taʼminoti, ichki yoʻllar holati, maktabgacha taʼlim, transport xizmati sohalarida mavjud ekanligi maʼlum boʻldi.
Tuman aholisi uchun dolzarb muammolarni hal etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, viloyat hokimligi tomonidan ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, hududda qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, kam taʼminlangan aholiga moddiy yordam koʻrsatish uchun 1,8 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi;
“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tavsiyalar asosida 44 nafar fuqaroga 1,3 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildiyu Hokim yordamchilari tavsiyalari asosida 44 nafar fuqaroga 1,3 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi, 78 nafar fuqaroga 276,0 mln. soʻm miqdorida subsidiya asosida uch turdagi (tikuv mashinasi, motokultivator, elektr pech) mahsulotlar subsidiya asosida yetkazib berildi. Ikki yuzga yaqin tadbirkorlarga 6,7 mlrd. soʻm kredit ajratilishida yordam koʻrsatildi.
“Yoshlar daftari” roʻyxatidagi 78 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish uchun 234,4 mln. soʻm mablagʻ ajratildi. Jumladan, 51 nafar yoshlarga kontrakt-shartnoma toʻlovlari toʻlandi (127,5 mln. soʻm), 25 nafar yoshlarga mehnat qurollari va asbob-uskunalar uchun subsidiya ajratildi (102,7 mln. soʻm).
“Ayollar daftari” roʻyxatidagi 100 nafar xotin-qizlarga 70,5 mln. soʻm miqdorida yordam koʻrsatildi. Jumladan, 97 nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi.
Ikki yuzdan ziyod fuqarolarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashildi. Shundan, 93 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga, 47 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishiga joylashtirildi, 42 nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqitildi, 22 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi. 585 nafar fuqarolar oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Yetti yuzga yaqin ehtiyojmand oilalarga 1 mlrd soʻmlik qurilish materiallari, chorva mollari olib berildi va boshqa homiylik yordamlari koʻrsatildi. Shundan, 21 nafar ehtiyojmand oilalar uy-joylarini taʼmirlash, qurilish materiallari olib berish uchun mahalliy byudjet hamda homiylik mablagʻlari hisobidan 693,5 mln. soʻm ajratildi.
Taʼlim sohasi ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi. Oʻnta maktabga 22 ta isitish qozonlari oʻrnatildi, 8 tasida isitish tizimi taʼmirlandi. Uch ta umumtaʼlim maktablariga quyosh panellari oʻrnatildi, 4 ta taʼlim muassasasiga elektron monitorlar, badiiy kitoblar va sport anjomlari topshirildi. Tumandagi maktablarga 6 turdagi sport jihozlari yetkazib berildi.
Toʻqson km.ga yaqin ichki yoʻllar shagʻallashtirildi, 6,3 km suv tarmogʻi qurish ishlari boshlandi, 246,8 tonna qoʻshimcha suyultirilgan gaz va 159 tonna koʻmir yetkazildi, yangi 228 ta temir beton ustunlar, 6 dona transformator oʻrnatildi, 12 tasi taʼmirlandi, 4,5 km tarmoq tortildi.
Tuman aholisi uchun 4 ta sektorda respublika, viloyat, tuman tashkilotlari, sektorlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi. Jami 264 nafar fuqarolarning 398 ta masalasi koʻrib chiqildi. Koʻrib chiqilgan masalalarning 97 tasi (24,3%) joyida hal etildi, 161 tasi (40,4%) boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi, 140 tasi nazoratga olindi. Fuqarolar asosan gaz, elektr, ichimlik suvi taʼminoti, ichki yoʻllar, bandlik masalalarida murojaat qilgan.
Bir soʻz bilan aytganda, tumanda aniqlangan 1 020 ta muammodan 843 tasi (83%), ijtimoiy va boshqa obyektlarda aniqlangan 2 078 ta muammodan 66 tasi (3%) hal etildi, qolgan 2 189 ta masala koʻrib chiqilishi nazoratga olinib, aniq moliyalashtirish manbalari, ijro muddatlari va masʼul ijrochilar belgilangan holda “yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi va nazoratga olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring