Banan importi 57,4 ming tonnaga oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 127,2 ming tonna banan import qilingan.
Banan importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 57,4 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp banan import qilgan davlatlar:
➖ Ekvador – 125,9 ming tonna
➖ Qozogʻiston – 426 tonna
➖ Turkmaniston – 324 tonna
➖ Turkiya – 197 tonna
➖ Hindiston – 144 tonna
➖ Qirgʻiz R. – 99 tonna
➖ Xitoy – 19 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring