Baloni yorilib ketgan MAN agʻdarilib ketdi
Foto: Viloyat IIB axborot xizmati
2022-yil 24-sentyabr kuni 16:00lar atrofida M-37 avtomobil yoʻlining Samarqand viloyati Paxtachi tumani hududidan oʻtuvchi qismida yogʻ mahsulotlari ortilgan yuk avtomashinasining baloni yorilib ketishi natijasida transport vositasi agʻdarilib, ichidagi yogʻ mahsulotlari toʻkilib ketgan.
Hodisa oqibatida jarohat olganlar yoʻq.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar qiladi viloyat IIB axborot xizmati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring