Baxshichilik sanʼati yoʻnalishida yosh baxshilar, oqinlar va jirov ijrochilari saralab olindi
Yurtboshimizning eʼtibori tufayli, yurtimizdagi baxshilar ijodi yanada rivojlandi, yosh baxshilarimiz koʻpayishi uchun baxshilar maktabi ochildi. Soʻngi yillar mobaynida mamlakatimizda milliy madaniyatimiz va sanʼatimizni asrab-avaylash, taraqqiy ettirish, butun dunyoga namoyon etish, nufuzini yanada yuksaltirish, ayniqsa, yoshlarning maʼnaviy bilimlarini boyitish, shuningdek xalqimizning bebaho sanʼati boʻlgan baxshichilik va dostonchilikni qayta tiklash, ommalashtirish, ilmiy jihatdan tadqiq va targʻib etish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 27-28 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida Baxshichilik sanʼati yoʻnalishida yosh baxshilar, oqinlar va jirov ijrochilari respublika koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda yurtimizda ijod qilayotgan 17 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 50 nafarga yaqin isteʼdodli yosh baxshilar ishtirok etib, ularni malakali hakamlar hayʼati, jumladan xalq baxshilari hamda sohaning malakali mutaxassislari shaffof va oqilona baholab bordilar.
Yakuniy natijalariga koʻra 9 ta yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, Madaniyat vazirligining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring