Bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ishlash vaqti uzaytirilgan tartibda amalga oshiriladi

14:42 27 Dekabr 2023 Jamiyat
444 0

Transport vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 2023-yil 31-dekabr yakshanba — dam olish kunida metro poyezdlari harakati doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi.

Ish vaqtining tugashi esa, 1 (bir) soatga uzaytiriladi, yaʼni barcha metro bekatlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.

Shuningdek, qoʻshimcha dam olish kunlarida (2023-yil 30-dekabr, 2024-yil 1-2-yanvar) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер