Bayden Putinni «qassob», Trampni esa «laycha» deya haqorat qildi

13:39 13 Iyul 2024 Dunyo
484 0

Arxiv surat

AQSH prezidenti Jo Bayden 24 soat ichida ikkinchi marta Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni haqorat qildi.

U Detroytdagi chiqishi chogʻida Vladimir Putin va prezidentlik saylovidagi raqibi Donald Trampga nisbatan haqoratomuz soʻzlarni ishlatdi.

«Menga uzoq vaqtdan beri tanish boʻlgan oʻsha qassob Putin Ukrainaga bostirib kirganida, Tramp shunday degan edi. Men buni oʻylab topmayapman. U uni daho deb atagan, bu ajoyib boʻlganini aytgandi», dedi Bayden.

Bu Jo Baydenning soʻnggi 24 soat ichida ikkinchi bor Putinni haqorat qilishi hisoblanadi.

Yaqinda NATO sammitidan keyingi matbuot anjumanida u Rossiya rahbarini haqorat qilib, «Yevropa eng chuqur va eng qadimgi qoʻrquvlari hayotga qaytdi, chunki aqldan ozgan qotil yurish boshladi» degandi.

Detroytdagi nutqida Bayden Trampni ham «shirin» soʻzlari bilan siylab oʻtdi.

«Amerika Qoʻshma Shtatlarining oʻzini hurmat qiladigan biror prezidenti hech qachon bu odam kabi Putinning laychasi boʻla olmaydi», dedi Bayden.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер