Bayden 1500 nafarga yaqin shaxsning jazosini yengillashtirdi va 39 kishini afv etdi
AQSH prezidenti Jo Bayden 39 nafar amerikalikni afv etishini va 1500 nafarga yaqinining jazosini yengillashtirishini maʼlum qildi.
“Prezident 1500 nafarga yaqin shaxsning jazosini yengillashtirmoqda. U zoʻravonliksiz jinoyatlar uchun jazo olgan 39 nafar shaxsni ham afv etadi. Bu harakatlar zamonaviy AQSH tarixidagi eng yirik bir kunlik afvni ifodalaydi”, deyiladi Oq uy bayonotida. Manbada afv etilganlarning ismlari oshkor etilmagan.
Bayden avvalroq oʻgʻli Xanter Baydenni afv etish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagandi va bu qarorga uning ayblovi adolatsiz ekanligiga ishonishi bois kelganini bildirgandi. Bungacha esa Bayden oʻgʻlini kechirmoqchi emasligini aytgan edi.
Oʻz navbatida, AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp afv etish qarorini suiisteʼmollik va adolat qoidalarini buzish dedi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring