Baydarka va kanoechilarimiz Osiyo chempionatining ilk kunida 11 ta medal qoʻlga kiritishdi

15:36 24 Mart 2022 Sport
878 0

Foto: Milliy olimpiya qoʻmitasi

Tailandda slalom bahslaridan soʻng baydarka va kanoe boʻyicha Osiyo chempionatiga start berildi. Quvonarlisi, sportchilarimiz birinchi kun bahslarida 5 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza, jami 11 ta medal qoʻlga kiritishdi.

Musobaqa yoshlar va kattalar oʻrtasida oʻtkazilmoqda. Buenos-Ayres-2018 oʻsmirlar Olimpiadasi chempioni Gulbahor Fayziyeva kattalar toifasida ham oʻzining nimalarga qodir ekanini yana bir karra koʻrsatib, qitʼa birinchiligining oltin medaliga sazovor boʻldi. Shuningdek, jamoamiz gʻaznasiga yana 4 ta oltin medalni yoshlarimiz taqdim qilishdi. Bugungi kun qahramonlari:

Kattalar, oltin medal:
S-1: Gulbahor Fayziyeva

Kumush medal:
K-1: Shaxriyor Mahkamov
K-2: Shohruhbek Azamov va Samandar Haydarov
K-4: Kamila Malaxova, Yuliya Borzova, Yekatirina Shubina, Arina Tanatmisheva

Bronza medal:
S-1: Nurislom Toʻxtasin oʻgʻli

Yoshlar, oltin medal:
K-1: Akmal Mirzayev
K-1: Kseniya Ivliyeva
S-1: Muhammadali Mirismanov
S-2: Kamoliddin Rahmatullayev va Azimjon Sotiboldiyev

Kumush medal:
S-1: Shohsanam Sherzodova
K-4: Ibratbek Ergashev, Abdusalom Normirzayev, Akmal Mirzayev va Sergey Slepov.

Maʼlumot uchun, barcha yoʻnalishlar 1000 metr masofaga oʻtkazildi. Yoshlar toifasi 18 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер