Bahorning ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

20:48 28 Fevral 2025 Jamiyat
273 0

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”

“Oʻzgidromet” 1-2-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, ertaga, 1-mart kuni respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

2-mart kuni Fargʻona vodiysidan tashqari respublikaning koʻpchilik viloyatlarida yogʻingarchilik boʻladi. Markaziy viloyatlarda va respublika janubida kunning ikkinchi yarmida yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda.

Hududning katta qismida havo harorati 2-3 darajaga koʻtariladi, ammo hali ham meʼyoriy qiymatlardan past boʻladi. Respublikaning shimoli-gʻarbiy va choʻl hududlarida yana sovuq havo kirib kelishi hisobiga harorat asta-sekin pasayadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida 2-mart kuni kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Toshkent shahrida asosan quruq ob-havo kuzatiladi, faqat 2-mart kuni kechqurun yogʻingarchilik boʻlishi mumkin, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kunduzi 8-10 daraja iliq, kechasi 1 daraja sovuq – 2 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер