Bahorda allergik kasalliklar nega kuchayadi?
Hozir — yon-atrof yashillikka burkanib, tabiat uygʻonmoqda. Ammo bunday oʻzgarishlar ayrim insonlar salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Xoʻsh, buning sababi nima?
Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikovaning aytishicha, bahor faslida daraxtlar gullashi, oʻsimliklardan ajraladigan chang zarralari immun tizimi zaiflashgan kishilarda allergiyaga moyillikni yuzaga keltirishi mumkin.
Mavsumiy allergiya asosan 20 mikrometrdan 50 mikrometrgacha boʻlgan oʻsimlik changchalari tufayli paydo boʻladi va tibbiyotda pollinoz deb ataladi. U acocan burun shilliq pardalari, yuqori nafac yoʻllari hamda koʻz konyunktivaciga taʼcir koʻrcatadi.
Bu turdagi xastalikni uch davrga boʻlish mumkin.
Ilk bosqich mart oyi boshidan may oyi oʻrtasigacha davom etadi. Yaʼni daraxtlar gullagan paytda bemorlarda xastalik qoʻzgʻaladi. Ikkinchi bosqich may oyidan iyul oxiri va avgust boshigacha kuzatiladi. Bu mavsumda dala oʻtlari gullaydi. Uchinchi bosqich boshoqli oʻsimliklar gulga kirishi bilan bogʻliq boʻlib, u avgust oyidan noyabrgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.
Aslida inson allergen bilan toʻqnashganda, allergik reaksiya darhol yuzaga kelmaydi. Immun tizimi asta-sekin moddaga nisbatan sezgirlikni oshiradi. Vaqt oʻtib, tana oʻziga xos yuqori reaksiyaga ega boʻlib, bu jarayon sensibilizatsiya deb ataladi.
Bahorgi allergiya koʻpincha aksirish, burunning bitishi, qichishishi yoki koʻp miqdorda oqishi, koʻzlarning shishishi, yoshlanishi va baʼzan yoʻtal bilan namoyon boʻladi. Shuningdek, teri koʻchishi, qichishish, quruqlashish, qizarish va undagi qizgʻish toshmalar ham xastalikka xos belgilardir.
Bunday vaziyatda, albatta, allergolog mutaxassisga murojaat qilish lozim. Chunki oʻzboshimchalik bilan davolanish allergiyani kuchaytirish yoki boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Avvalo, bemorda kuzatilayotgan simptomlar allergiya belgisi ekanligini maxsus qon tahlili yordamida aniqlash lozim. IgE tecti — shulardan biri. Oʻz navbatida, uning umumiy va maxcuc turlari mavjud. Masalan, umumiy IgE bemorda allergiya bor yoki yoʻqligini koʻrcatca, maxcuc IgE testi orqali aynan nimalarga allergiya mavjudligini aniqlasa boʻladi.
Bunday tekshiruv uchun hozir markazimizda yuqori tezlikka ega va bir vaqtning oʻzida 200dan ortiq turdagi allergenlarni aniqlay oladigan avtomat immunoferment analizatori — “Alisei” qurilmasidan foydalanilmoqda.
Tahlil javoblari chiqqach, natijalarga koʻra, muolajalar belgilanadi. Umuman, allergik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolashda ratsional ovqatlanish tartibi hamda cogʻlom turmush tarziga rioya etishning ahamiyati benihoya katta. Immunitetni mustahkamlash allergiya xurujidan saqlanishning eng muhim shartidir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring