Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasi finalida! Hakamlar qanday baholadi?
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Bahodir Jalolov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
+92 kg vazn toifasida ringga chiqqan bokschimiz “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi yarim final bahsida katta ustunlik bilan gʻalabaga erisha oldi.
Jalolov ½ final bahsida germaniyalik Nelviye Tiafakka qarshi chiqdi. Qiziqarli kechgan bahsning barcha raundlarida 5:0 qayd etdi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Final 11-avgust boʻlib oʻtadi. Unda hamyurtimizga Ispaniya vakili Ayyub Gadfa raqiblik qiladi.
Avvalroq, yunon-rum kurashchilarimiz birorta medal jamgʻara olmagani haqida xabar berilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring