BAAda qarovsiz qolgan 11 yashar yurtdoshimiz Vatanga qaytarildiBAAda qarovsiz qolgan 11 yashar yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligining ''Dunyo'' axborot agentligi
Maʼlum boʻlishicha, voyaga yetmagan R.A. BAAga onasi bilan birga borgan. Ushbu ayol BAAda boʻlib turish qoidalarini muntazam buzganligi sababli mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Biroq tegishli hujjatlardagi muammolar sababli uning voyaga yetmagan farzandining BAAdan chiqib ketishida toʻsiqlar yuzaga kelgan.
Mamlakatimizning Abu-Dabidagi elchixonasi va Dubay shahridagi Bosh konsulxonasiga ushbu masala boʻyicha qilingan murojaat nazoratga olindi. BAAning tegishli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida yuzaga kelgan barcha muammolar bartaraf etildi va voyaga yetmagan vatandoshimiz “Dubay-Samarqand” aviaqatnovi bilan Oʻzbekistonga qaytarildi.
Taʼkidlash joizki, ushbu yosh yurtdoshimizning Oʻzbekistonda joʻnatish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Bosh konsulxona va Dubayda tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan saxovatpesha vatandoshlar tomonidan toʻliq qoplab berildi.
Oʻzbekiston diplomatik missiyalari BAAga safar qilayotgan vatandoshlarni mezbon davlatning qonunlari bilan batafsil tanishish va ushbu mamlakatda boʻlib turish boʻyicha joriy qilingan huquqiy-meʼyoriy hujjatlarda belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring