BAA Oʻzbekistonga yana bir bor insonparvarlik yordami yubordi

20:56 07 May 2020 Dunyo
1110 0

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati COVID-19ga qarshi kurash uchun Oʻzbekistonga insonparvarlik yordamining ikkinchi qismini joʻnatdi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlar idorasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 6-may kuni Toshkentga Etihad Airways aviakompaniyasi samolyoti bortiga ortilgan besh tonnalik oziq-ovqat va tibbiyot vositalari bilan kelgan.

Avvalroq BAA Oʻzbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordami joʻnatgan edi. Tibbiy niqoblar, qoʻlqoplar, himoya kostyumlari va boshqa vositalar boʻlgan maxsus reys Toshkent aeroportida kutib olingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер