BAA oʻz hududiga sayyohlarni kirishi uchun talablarni kuchaytirmoqda
Foto: Reuters
Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahri maʼmuriyati chet elliklar uchun mamlakatga kirish talablarini oʻzgartirdi.
Unga koʻra, 18-apreldan boshlab mamlakatga kirish uchun kelishidan 72 soat oldin amalga oshirilgan "COVID-19» uchun testdan oʻtganlik haqida hujjat talab qilinadi.
Hujjat qogʻoz shaklida arab yoki ingliz tillarida taqdim etilishi va tahlil akkreditatsiyalangan laboratoriya tomonidan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Bundan tashqari, sayohatchilar Birlashgan Arab Amirliklariga yetib kelganlaridan soʻng yana “COVID-19”ga testdan oʻtishi va natija chiqquncha oʻzini izolyatsiyaga olib turishi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring