Ajrashish taqiqlanadi

11:43 16 Avgust 2020 Dunyo
2014 0

Yer yuzidagi faqat ikkita davlatda ajrashish qonun bilan taqiqlangan. Bular Vatikan va Filippin, deb yozadi “Huquqiy axborot” kanali.

Vatikanda 1629-yilda Rim papasi Klement VII tomonidan ajrashishni taqiqlash toʻgʻrisida qonun qabul qilingan. 2015-yilda Papa Fransisk tomonidan bu qonunga bir muncha oʻzgartirishlar kiritildi. Endilikda mamlakat fuqarolariga alohida hollarda ajrashishga ruxsat berilishi mumkin.

Filippinda ham bu qonun katolik mazhabi taʼsirida qabul qilingan. Faqat musulmonlar uchun katta sarf-xarajat va hujjatbozlik evaziga nikohni bekor qilishga ruxsat berilar edi. Keyingi yillarda mamlakatda ajrashishlarni soddalashtirish masalasi parlament tomonidan tez-tez muhokama qilinmoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер