Ajiniyoz haqidagi filmda bosh rolni talaba oʻynamoqda

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Hidoyat Ahmedov/ Qoraqalpogʻiston. Ayni kunlarda qoraqalpoq mumtoz shoiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli haqida “Ziyvar” nomli tarixiy badiiy film suratga olinmoqda.
Tasvirga olish ishlari may oyida boshlangan edi. Hozir filmning soʻnggi epizodlari Xiva shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasining tarixiy joylarida suratga olinmoqda.
“Yozuvchi Murodboy Nizanov ssenariysi asosida ishlanayotgan mazkur filmda koʻplab taniqli artist va aktrisalar rol ijro etmoqda. Ammo bosh qahramon rolini Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Oybek Jamolov ishonib topshirdik. U buni qoyilmaqom qilib uddalayapti”, - deydi film rejissyori Qudrat Otajonov.
Rejissyorning aytishicha, bosh qahramon rolini ijro etish uchun 250 dan koʻp nomzod ishtirok etgan. Ular orasidan sanʼatning aytishuv janri boʻyicha yuksak qobiliyatga nomzod saralab olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring