“Ayollar daftari”ga kiritilayotganlarga 5 mln soʻmgacha kreditlar naqd berilishi mumkin

18:39 05 Yanvar 2024 Jamiyat
736 0

Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun xotin-qizlarga 33 mln soʻmgacha 14 foizlik kreditlar beriladi:

— oilaviy tadbirkorlik uchun – 3-6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
— chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
— bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.

Ayollarga 5 mln soʻmgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.

“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:

— ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
— boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
— uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер