Ayoldan shaxsiy maʼlumotlarini tarqatish bilan qoʻrqitib, pul talab qilgan tovlamachining qilmishlariga chek qoʻyildi
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashovchi 23 yoshli (ayol) O.G. IIOga murojaat qilib, “nomaʼlum shaxs” sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarini oshkor qilish bilan qoʻrqitib, undan pul talab qilayotganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 21 yoshli (erkak) M.A. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi M.A. Namangan tumani Qoʻqonqishloq MFY hududida O.G.ning uyali telefon qurilmasini ochiqdan-ochiq tortib olib, agar 1 mln. soʻm pul bermasa, uning “Telegram” messenjeridagi shaxsiy yozishmalari va suratlarini Internet tarmogʻi orqali barchaga tarqatishini aytib, poʻpisa qilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, M.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring