Axios: AQSH va Ukraina tinchlik rejasining katta qismini kelishib oldi
AQSH va Ukraina tinchlik rejasining asosiy elementlarini, jumladan xavfsizlik kafolatlarini kelishib oldi. Bu haqda Axios xabar qildi.
“Kelishuvning aksariyat elementlari allaqachon AQSH va Ukraina oʻrtasida muvofiqlashtirilgan. Bular qatoriga Kiyev AQSH va Yevropa tomonidan oladigan xavfsizlik kafolatlari ham kiradi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev AQSH bilan muhokama qilayotgan tinchlik rejasining 20 ta bandini oshkor etgan edi.
Bugun (26-dekabr kuni) esa ukrain yetakchisi tez orada AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv oʻtkazishini maʼlum qildi.
“Bir kunni ham boy bermayapmiz. Prezident Tramp bilan eng yuqori darajada yaqin vaqtda uchrashuv oʻtkazishga kelishib oldik. Yangi yilgacha koʻp narsa hal boʻlishi mumkin”, — dedi Zelenskiy.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring