Avvallari sanʼatkorlar chetga chiqqanligini davlat bilmasa, jazo qoʻllanilardi — Nazarbekov
Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bugun sanʼatkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarga toʻxtalib oʻtdi.
"Avvallari sanʼatkorlarning chetga chiqishi juda muammo edi. Mingta joydan ruxsatnoma olish kerak boʻlardi.
Men falon kuni falon joyga boraman, falon kishi bilan koʻrishaman deb yozib berish kerak boʻlardi. Agar chetga chiqqanligini davlat bilmasa, jazo qoʻllanilardi. Bugungi sharoitlar juda koʻp sanʼatkorlarimizga chetga chiqib migrantlarimizga xizmat koʻrsatish imkonini beradi", dedi Nazarbekov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring