Avtotransportlarni yuvishda foydalanilgan suv hajmi uchun soliq stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilinadi
— Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari sanoat korxonalari, elektr stansiyalari, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, avtotransport vositalarini yuvish, alkogolsiz ichimliklar va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi uchun 12 foizga;
— Iqtisodiyotning boshqa barcha tarmoq korxonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 30 foizga indeksatsiya qilinmoqda;
— Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkasi 100 soʻm etib belgilanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring