Avtomobilsozlik sanoatida yangi loyiha

17:10 04 Mart 2025 Jamiyat
285 0

Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa tumanida avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi yangi korxona oʻz faoliyatini boshladi. Rezina va kauchuk mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxona mamlakatimiz avtomobilsozligi uchun zarur ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Loyihaning 1-bosqichida 50 ta yangi ish oʻrni yaratildi, tez orada 2-bosqichi ishga tushgach, yana 40 nafar yosh mutaxassis ish bilan taʼminlanadi.

— “UzAvtoMotors”ning Xorazm filiali joylashgan Tuproqqalʼa tumanida ushbu loyihaning ishga tushirilishi logistika xarajatlarini tejashga imkon beradi, — deydi korxona rahbari Farrux Marahimov. — Korxonada yiliga 86 milliard soʻmlik 15 turdagi mahsulot ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. Hozir bir necha turdagi ehtiyot qismlarni yigʻuv jarayoni yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, loyihaning 2-bosqichida ishlab chiqarishning xomashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan toʻliq sikli shu yerning oʻzida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер