Avtomobillarga stiker berish toʻxtatildi
arxiv foto
Davlat xizmatlari markazlari 2020-yil 4-aprel soat 18:00dan boshlab arizalar qabulini vaqtincha toʻxtatishga qaror qildi. Bu haqda DXA matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Hozirgi vaqtda mutaxassislar tomonidan 60 832 arizalarni koʻrib chiqish jarayoni davom etmoqda. Ularni sifatli saralash va YHXDX idoralari bilan birgalikda koʻrib chiqib asoslantirilgan qarorlarni qabul qilish uchun 2020-yil 4-aprel soat 18:00dan boshlab arizalar qabulini vaqtincha toʻxtatishga majburmiz”, deyiladi xabarda.
Maʼlumotlarga koʻra, Davlat xizmatlari markazlariga 4-aprel 17:00 gacha 165 619 ta ariza kelib tushgan. Ulardan respublika boʻyicha 23 546 ta ruxsatnoma berilgan, 81 241 tasi rad etilgan, 10 004 ariza oluvchining oʻzlari tomonidan qaytarib olingan.
Taʼkidlanishicha, arizalarni qabul qilish 2020-yil 6-aprel 18:00 dan boshlanadi.
“Rad etilgan arizalarni qayta yubormaslikni soʻraymiz, chunki bu holat boshqa arizalarni koʻrib chiqish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtiradi. Agar siz rad javobni asossiz deb hisoblasangiz, tushuntirish olish uchun @davxizmataloqa_bot, info@davxizmat.uz, 1148 ishonch telefoni orqali murojaat etishingizni soʻrab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring