Avtomobilda shoshilinch tugʻuruqni amalga oshirgan poliklinika shifokori eʼtirof etildi
Tugʻuruq jarayoni kutilmaganda boshlangan homilador ayolga avtomashinada doyalik qilgan poliklinika mudirasi Hilola Jamilova Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan taqdirlandi.
Shifokorga vazir oʻrinbosari E.Basitxanova tomonidan Sogʻliqni saqlash vaziri B.Musayevning tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Oʻz navbatida, favqulodda vaziyatlarda oʻzini yoʻqotmay, kasb burchini sidqidildan bajarishda jonbozlik koʻrsatayotgan sogʻliqni saqlash tizimining bunday fidoyi xodimlari milliy tibbiyotimizning yangi imijini yaratishda muhim rol oʻynashi taʼkidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring