Avtomobilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar nomi eʼlon qilindi
Illustrativ foto
Tahlilchilar reytingni shakllantirish jarayonida 42ta mamlakatlarning harakat xavfsizligi va sifati, mashinaning ijaraga olish va yoqilgʻi narxlarini oʻrganib chiqdi.
Maʼlum qilinishicha, AQSH 7,17 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi. Bu yerda eng yaxshi magistrallar va oʻrtacha avtomobil yoʻllari tirbandligi eng past darajada ekani maʼlum boʻldi.
Reytingning ikkinchi oʻrinidan 6,38 ball bilan Italiya joy egalladi. Bu mamlakat madaniyat va oshxonani qadrlaydigan sayohatchilar uchun mos keladi. Italiyada yoʻl sifati va xavfsizligi, shuningdek, avtomobil ijarasi narxi pastligi tufayli yuqori ballga loyiq topilgan.
Kuchli uchlikdan Ispaniya joy oldi (6,34 ball). Sayohatchilar ushbu mamlakatda ajoyib plyajlar, Barselona va Madrid kabi tarixiy shaharlardan bahramand boʻlishlari mumkin. Avtomobil ijarasining arzonligi (kunlik 27 dollar) va yoʻl harakati xavfsizligining yuqori koʻrsatkichlari hisobga olingan.
Reytingning kuchli oʻnligidan Portugaliya, Sloveniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Turkiya va Daniya ham reytingdan joy oldi.
Osiyo davlatlaridan Yaponiya (21-oʻrin), Singapur (26-oʻrin) va Malayziya (28-oʻrin) mamlakatlari mazkur roʻyxatga kiritilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring