Avtomobil “aptechka”sidagi dorilar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritilmoqda
Sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yildagi “Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida boʻlishi shart boʻlgan zarur tibbiy ashyolar roʻyxatini toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Loyiha matni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Unga koʻra, avtomobil salonida saqlanadigan dori qutichasidagi dorilar roʻyxatiga ham oʻzgartirish kiritilyapti. Yaʼni tegishli buyruq loyihasi bilan mazkur roʻyxatdan “Ammiak-10 foizli eritmasi” (nashatir spirti) chiqarilmoqda.
“Sababi, mazkur dori vositasining saqlash harorati +25 daraja etib belgilangan boʻlib, iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ushbu dori vositasini koʻpgina davlatlarda avtomobil salonida olib yurish taqiqlangan”, deyiladi hujjat matnida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring