Avstriyada koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan 41 kishi koʻp oʻtmay hayotdan koʻz yumgan

01:03 03 Mart 2021 Dunyo
1068 0

Avstriyada koronavirusga qarshi vaksina olgan 41 kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash federal boshqarmasi maʼlum qildi.

Muassasa bayonotiga koʻra, vafot etganlalarning barchasi AQSHning “Pfizer” va Germaniyaning “BioNTech” kompaniyalari hamkorlikda ishlab chiqqan vaksinalari bilan emlangan boʻlgan.

Ularning oʻlimi vaksinaga aloqadorligi haqidagi faktlarga hali aniqlik kiritilmagan.

Avstriyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yil 27-dekabrda boshlangan. Bunda, asosan “Pfizer” va “BioNTech” vaksinasidan foydalanilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер