Avitashuvchilarga ichki turizm uchun subsidiya muddati uzaytirildi
Foto: Illustrativ surat
2023-yil 7-yanvardagi 5 -sonli Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, aviatashuvchilarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mahalliy yoʻnalishlarda avia chipta narxining 25 foizi miqdorida subsidiya 2026-yil 1-yanvargacha ajratiladi (ilgari 2022-yil 1-iyungacha edi).
Maʼlumot uchun, aviatashuvchilarga mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini qaytarish tartibi belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring