Aviachiptalarni qulay xarid qilish uchun mobil ilova ishga tushirildi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi aviachiptalarni qulay xarid qilish uchun mobil ilovani ishga tushirdi. Endi yoʻlovchilar uydan chiqmay turib mobil ilova orqali aviachiptalarni xarid qilishlari mumkin.
Bundan tashqari, mobil ilova yoʻlovchiga aviachiptalarni tekshirish, joy tanlash, qoʻshimcha bagaj va maxsus ovqat turlari tanlash kabi qoʻshimcha xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.
Shuningdek, har bir foydalanuvchi uchun maʼlum yoʻnalishlar boʻyicha maxsus takliflar mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring