Aviachipta pullari qaytarib berildi
Xorazm viloyati Xonqa tuman «Sarapayon» qishlogʻi “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqaro X.Vapayev tomonidan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat yozma murojaat qiladi.
Murojaatda, isteʼmolchi Urganch shahri markazidagi aviakassadan 2020-yil 7-mart kuni "Urganch — Moskva" yoʻnalishidagi aviareysga 1 million 573 ming 600 soʻmga chipta sotib olgan, ammo, respublikamizda eʼlon qilingan karantin sababli aviareyslar qoldirilgan. Shundan soʻng fuqaro ushbu mablagʻni qaytarib olish istagida aviakassaga qaytib borganida kassa xodimlari tomonidan rad javobini olgani haqida aytib oʻtgan.
Mazkur murojaatni oʻrganish davomida isteʼmolchiga 1 mln 573 ming 600 soʻm mablagʻ qaytarib berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring