Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborish muddati uzaytirildi
Xabaringiz bor, 2025-yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish joriy yil 1-oktyabrda toʻxtatilgan edi. Endilikda ushbu muddat uzaytirildi, deb xabar bermoqda “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali.
Unda aytilishicha, pedagoglarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyasida ishtirok etish uchun toʻlovni amalga oshirish muddati joriy yilning 5-oktyabr soat 23:59 ga qadar uzaytirilgan.
Maʼlumot uchun, namunaviy toifa testlarini quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
- Oʻzbek tilida: https://t.me/uztditestbot
- Rus tilida: https://t.me/uztditest_rusbot
- Qoraqalpoq tilida: https://t.me/uztdi_qrtestbot
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring