Atoqli shoir Toʻra Sulaymonning uy-muzeyi tashkil etiladi
Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻra Sulaymonning uy-muzeyini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, atoqli shoir yashab, ijod qilgan Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Turgʻun Ahmedov nomidagi mahalla fuqarolar yigʻini, Baxmal koʻchasi, 7-uy manzilida Toʻra Sulaymon uy-muzeyi tashkil qilinadi.
2022-yil oxiriga qadar foydalanishga topshiriladigan uy-muzeyida davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring