Ashurmatov jamoasidan gʻalaba, Hamrobekov jamoasidan durang
Kecha, 22-fevral kuni futbol boʻyicha Eron chempionatining 22-tur oʻyinlari davom ettirildi. Tur doirasidagi uchrashuvda amaldagi chempion “Traktor” safarda “Malavan” mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Odil Hamrobekov jamoasining yagona goliga assistentlik qildi.
Mamlakat kubogining amaldagi gʻolibi “Istiqlol Tehron” esa bu turda “Mes Rafsanjon” maydoniga safar qildi. Uchrashuv 0:1 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan tugadi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Rustam Ashurmatov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va toʻliq 90 daqiqa harakat qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring