Asakadagi ariqdan bir necha kun suv toshdi

18:03 24 Iyul 2021 Jamiyat
676 0

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bir oydan beri Asaka tumani Yangisor MFYda Axtachi ariqda suv toshyapti, hech bir masʼul harakat qilmayapti, uylar tagi suv, devorlar qulamoqda” sarlavhasi ostida videomurojaat eʼlon qilindi.

Ushub holat yuzasidan darhol tuman hokimi boshchiligida ishchi guruh tuzildi va joyiga borib oʻrganildi. Bu haqda viloyat hokimligi maʼlumot berdi.

Oʻrganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

Ayni kunlarda sugʻorish tadbirlari Avron usulida amalga oshirilib kelinmoqda. 6 kun Asaka tumanida sugʻorish amalga oshirilayotgan boʻlsa 6 kun Shaxrixon tumanida amalga oshirilmoqda. Ayni kunlarda Asaka tumanining navbati kelgani sababli tumanda sugʻorish ishlari olib borilmoqda. Ushbu mahalladan oʻtgan Axtachi arigʻiga 3 kundan buyon suv kelayotgan boʻlib shu yerda faoliyat olib borayotgan fermerlar tomonidan suv yoʻliga sunʼiy toʻsiq qurishgani sababli va ariqning toʻlib qolgani oqibatida suv sathi koʻtarilishi yuz bergan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер