Arzonlashtirilgan koʻchma savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan chekka va chegara hududlardagi aholini arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida mahalliy hokimlik va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 19-22-dekabr kunlari Fargʻona tumanining eksklav hududi hisoblangan “Shohimardon” va “Yordon” MFY aholisi uchun koʻchma savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Ushbu savdo yarmarkalariga aholi ehtiyojidan kelib chiqib, 18 tonna mahalliy un va 9 500 litr oʻsimlik yogʻi arzonlashtirilgan narxda yetkazildi.
Shuningdek, togʻli hududlarda yashovchi fuqarolarning chorva mollari uchun qish mavsumini betalafot oʻtkazishi uchun 7,5 tonna omuxta yem yetkazib berildi.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring