“Art soft tex” mahsulot eksportini oʻtgan yilgidan 5 million dollarga koʻpaytiradi

14:44 29 Yanvar 2020 Iqtisodiyot
1805 0

-Mamlakatimiz, xalqimiz hayotida oʻziga xos voqeʼlik hisoblangan Murojaatnomani katta eʼtibor va masʼuliyat bilan tingladik,-deydi Namangan shahridagi “Art soft Holding” masʼuliyati cheklangan jamiyati boshqaruvi raisi Olimxon Boboxonov. – Unda deyarli tilga olinmagan soha qolmadi, hisob. Kamchiliklar, xususan, taraqqiyotga toʻsiq boʻlayotgan ish uslublari haqida roʻyi-rost gapirildi, 2020-yil va umuman yaqin vaqt ichida amalga oshirishimiz shart boʻlgan ustuvor vazifalar aniq-tiniq belgilab berildi. Endi gap, ular ijrosiga butun xalqimiz bilan yakdil holatda kirishishimiz-da.

“Art soft Holding” MCHJyaqin vaqtgacha momiq sochiqlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelgan korxona negizida tashkil qilingan.Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan xolding kompaniyaga aylantirilgach, agrosanoat klasteri sifatida faoliyat koʻrsata boshladi. Uning zimmasiga 2019-2022-yillarda 19 ta ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.Bugungi kunda MCHJ tarkibida 9 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Hozirga qadar 3000 nafardan ortiq aholini ish bilan taʼminlandi. Belgilangan uch yil davomida klaster SOFtizimiga toʻliq oʻtish bilan birga, omixta yem, yogʻ ishlab chiqarish, paxta tozalash zavodlari,chigitni chuqur qayta ishlash va sifatli urugʻ yetishtirish, d5 on mahsulotlarini qayta ishlash kabi yana 10 ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan. Mazkur loyihalar ijrosi bilan 12 mingdan ortik kishiga mehnat oʻrinlari yaratiladi.

Agrosanoat klasterining joriy etilishi oʻtgan qisqa vaqt ichida oʻz natijalarini bera boshladi. Eng avvalo, paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarida pirovard natijadan manfaatdorlik ortib, hosil salmogʻi sezilarli darajada koʻpaygani kuzatildi. Hususan, hosildorlikancha pasayib ketgan Mingbuloq tumanining bulturgi koʻrsatkichlari bunga misol boʻla oladi. Dehqonchilik mavsumida tumandagi 239 ta fermer xoʻjaligi bilan ish olib borilib,mehnatga xaq toʻlash, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻit va oʻsimlik zararkunandalariga qarshi biologik kurash vositalari yetkazib berish bilan bogʻliq shartnomalarni toʻla-toʻkis bajarildi. Natija kutilganidek boʻldi. Tuman ilk bor viloyatda birinchi oʻrinda paxta tayyorlash yillik shartnomaviy rejasini bajardi. Mutaxassislar buni hududda klaster usulining muvaffaqiyatli joriy etilishi bilan bogʻlamoqdalar. Pop tumanidagi oʻsish surʼatlari ham kishini quvontiradi. Yangilik joriy etilishi bilan har ikki tumanda yerni haydashdan tortib gʻoʻza parvarishi, hosilni yigʻishtirib olish, uni qayta ishlash, tayyor mahsulotga aylantirish, hatto, sotuvigicha klaster boshqaruvi asosida amalga oshirilishi maqsad qilingan.

-Davlatimiz rahbari Oliy MajlisgaMurojaatnomasida qishloq xoʻjaligini jadal rivojlantirish toʻgʻrisida gapirar ekan, sohadaklasterni joriy qilish davom ettirilishini alohida taʼkidlab oʻtdi. Bundan tashqari,paxta va gʻalla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilishga bosqichma-bosqich oʻtish masalasi oʻrtaga tashlandi. Dehqonchilikda suv tejaydigan texnologiyalarning joriy etilishi, suv nazorati tizimini avtomatlashtirilishi, “Kooperatsiya va klaster toʻgʻrisida”gi Qonunning ishlab chiqilishi va boshqa vazifalar ijrosi ham aytish mumkinki, mamlakat agrar sanoati faoliyatini jahon andozalari darajasiga olib chiqishning yangi imkoniyatlarini vujudga keltiradi,-deydi O. Boboxonov.

Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan 2020-yilda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, bunda ayniqsa, bugungi kunda dolzarb boʻlib turgan eksport faoliyatini maxsus jamgʻarma hamda xalqaro hamkorlar orqali qoʻllab-quvvatlash, eksport qilinayotgan davlatlar geografiyasini kengaytirish, sohada bir qator xalqaro standartlarni joriy etish, Jahon Savdo Tashkiloti bilan faol hamkorlikni amalga oshirish singari ustuvor vazifalar belgilab berildi.

“Art soft Holding” rahbari ham korxonaning eksport faoliyati, jumladan, tashqi bozorga chiqarilayotgan Namangan momiq sochiqlari xajmi yanada ortishidan umidvor. Maʼlumot uchun, tadbirkorlik jamoasi hozirgi kunda Rossiya, Ukraina, Moldova, Belorus davlatlari bilan savdo aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Oʻtgan yil yakunlari bilan 13 million AQSH dollariga teng eksport amaliyotlari bajarildi. Bu yilgi reja anchagina salmoqli. Yaqin vaqt ichida Yevropa bozoriga, xususan, Germaniya, Polsha, Italiya davlatlariga mahsulot joʻnatish yoʻlga qoʻyiladi. Bu bilan yillik eksport hajmini 18 million AQSH dollariga yetkazishga qaror qilindi.

Qudratilla NAJMIDDINOV.“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер