Arxiv ishi sohasiga oid qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qonun muhokama qilindi
Joriy yilning 27-mart kuni boʻlib oʻtgan Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining ishchi guruh yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Tadbirda Qoʻmita aʼzolari, mahalliy Kengashlarning tegishli doimiy komissiyalari raislari, ekspertlar, tegishli vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, Qonun bilan “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga arxiv ishi sohasidagi vakolatli davlat organlarining vakolatlarini, nodavlat arxivlarni va elektron arxivlarni tashkil etishga doir qoidalarni hamda arxiv hujjatlarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatlarini aniqlashtiruvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar kiritilmoqda. Tadbirkorlik subyektlariga amalga oshirilishi uchun litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi doirasida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan uch oy muddat davomida shugʻullanish imkoniyati yaratilmoqda.
Qonun tashabbuskorlari ushbu Qonun arxiv ishining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga, fuqarolarni tadbirkorlik sohasiga kengroq jalb etishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.
Muhokama yakunida ushbu Qonunni navbatdagi Qoʻmita majlisida koʻrib chiqishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senator tomonidan mahallalarda tomorqachilik va bogʻdorchilikni rivojlantirish ishlari oʻrganildi
- Yosh parlament aʼzolari forumida barqaror taraqqiyot va global hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi
- Senator talaba qizlar bilan davlat xizmatida ayollar ishtirokini kengaytirish masalasini muhokama qildi
- Sudyalar oliy kengashi tarkibini saylash masalasi koʻrib chiqildi
- Senat qoʻmitasida kiberxavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi yangi choralar koʻrib chiqilmoqda
- Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda 50 foiz chegirma beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring